O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Namangan viloyati yuridik texnikumining “Yuridik klinika”si loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi. Yuridik klinika faoliyati jamoatchilik qabulxonasi shaklida tashkil etilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilar pedagog xodim (advokat) rahbarligida huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini amalga oshiradi va ularga kerakli huquqiy maslahatlarni ko‘rsatadi.
Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuridik klinika huquqning alohida tarmog‘iga ixtisoslashgan holda yoki umumiy huquq masalalari bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
08-416 Yuridik klinika nizomi
⚖️ Namangan viloyati yuridik texnikumida amaliy mashg’ulot òtkazildi.
📚 Namangan viloyati yuridik texnikumi Yuridik klinikasida klinika etakchi mutaxassisi
I. Sobirova tomonidan » Mijozlar va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash » mavzusida amaliy seminar mashg’uloti o’tkazildi. Mashg’ulot davomida klinikaga a’zo talabalar mijoz bilan suhbat olib borish qoidalari va kasb e’tikasi yuzasidan bilimlarga e’ga bòldilar hamda yuridik klinika telegram botiga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mashg’ulotlar davom e’tadi.